Fuqarolar murojaatlari o‘rganildi
2026-08-14 15:15:00 / Yangiliklar

Tuman hokimi “Qorasuv” mahallasida bir guruh fuqarolar bilan uchrashib, ularning murojaat va takliflarini tingladi.
Muloqot davomida aholi tomonidan mahalladagi ichki yo‘llarni asfaltlash, yangi o‘rnatilgan tayanch ustunlariga elektr tarmog‘ini tortish hamda mavjud transformatorni yangisiga almashtirish masalalari ko‘tarildi.
Tuman hokimi bildirilgan murojaatlarni joyida o‘rganib, mas’ullarga har bir masala bo‘yicha zarur choralarni ko‘rish, “Tashabbusli budjet” loyihasi imkoniyatlaridan unumli foydalanish yuzasidan tegishli topshiriq va ko‘rsatmalar berdi.
Yangiqo‘rg‘on tumani hokimligi Axborot xizmati





