Tomorqa va chorvachilik: qo‘shimcha daromad sari yangi imkoniyatlar
2026-08-15 14:30:00 / Yangiliklar

Yangiqo‘rg‘on tumani, “Sohil” mahallasida aholi tomorqa yer maydonlaridan samarali foydalanish, kechki ekinlarni o‘z vaqtida ekish, chorvachilikni rivojlantirish hamda aholi daromadlarini oshirish masalalariga bag‘ishlangan amaliy seminar o‘tkazildi.
Unda viloyat Qishloq xo‘jaligi boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari N.Xudoyberdiyev, Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari A.Turdiboyev, tuman hokimi A.Najmiddinov hamda soha mas’ullari ishtirok etdi.
Tadbirda aholi tomonidan tomorqa imkoniyatlaridan unumli foydalanish, ikkinchi ekinlarni o‘z vaqtida ekish, suv va mineral o‘g‘itlardan samarali foydalanish bo‘yicha amaliy tavsiyalar berildi.
Shuningdek, PQ-322-sonli qaror talablari asosida chorvachilikni rivojlantirish, zamonaviy va qulay molxonalar barpo etish, yuqori mahsuldor va zotli chorva hayvonlarini ko‘paytirish masalalari muhokama qilindi.
Yangiqo‘rg‘on tumani hokimligi Axborot xizmati









