"Og‘ir mahalla"dan obod mahalla sari
2026-07-10 14:00:00 / Yangiliklar

Joriy yilda Yurtboshimizning 2026-yil 5-fevraldagi PQ-49-sonli qaroriga asosan "Og‘ir mahalla" sifatida tanlab olingan "Qutlug‘tol" MFY infratuzilmasini yaxshilash maqsadida bir qator ishlarni amalga oshirish rejalashtirilgan.
Xususan, aholi va tadbirkorlarga shart-sharoit yaratish maqsadida 1 ta tik quduq qazish, 1,9 km ariqlarni betonlash, 2 ta TP o‘rnatish hamda 3,3 km yo‘lni asfaltlash ishlari amalga oshiriladi.
Bugun tuman hokimi boshchiligida mahallada muhokama yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Unda mahallada amalga oshiriladigan ishlar ko‘lami tushuntirildi, obodonlashtirish va tozalash ishlariga aholi vakillarini jalb etish yuzasidan ko‘rsatmalar berildi.
Yangiqo‘rg‘on tumani hokimligi Axborot xizmati.






