Ta’lim muassasalari yangilanmoqda
2026-07-08 15:00:00 / Yangiliklar

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025 yil 27 dekabrdagi “2026–2028 yillarda O‘zbekiston Respublikasining ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-393-sonli qaroriga muvofiq tumandagi 48- hamda 56-umumta’lim maktablari binolarini rekonstruksiya qilish ishlari olib borilmoqda.
48-umumta’lim maktabi binolari ham 6 mlrd so‘m evaziga rekonstruksiya qilinmoqda. Loyiha doirasida 180 o‘rinli mavjud bino ta’mirlanib, qo‘shimcha yana 180 o‘rinli yangi o‘quv binosi barpo etildi.
Shuningdek, 56-umumta’lim maktabida ham 3,2 mlrd so‘m evaziga rekonstruksiya ishlari olib borilmoqda. Unga ko‘ra, 80 o‘rinli mavjud bino to‘liq ta’mirlanmoqda. O‘quvchilar uchun zamonaviy sport zali qurilmoqda.
Bugun viloyat hokimi o‘rinbosari G‘. Jamolov hamda tuman hokimi A. Najmiddinov mazkur obyektlarda olib borilayotgan ishlar bilan tanishdi. Rekonstruksiya ishlarini yangi o‘quv yili boshlanishiga yakunlash bo‘yicha mas’ullarga vazifa va ko‘rsatmalar berildi.
Yangiqo‘rg‘on tumani hokimligi Axborot xizmati







