Yangiqo‘rg‘onda ta’lim infratuzilmasi yanada mustahkamlanmoqda
2026-07-08 14:35:00 / Yangiliklar

Yangiqo‘rg‘on tumanida ta’lim infratuzilmasini yaxshilash va bolajonlar uchun zamonaviy shart-sharoitlar yaratish maqsadida 33-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti rekonstruksiya qilinmoqda.
Loyiha doirasida mavjud bino to‘liq rekonstruksiya qilinishi bilan bir qatorda, qo‘shimcha 150 o‘rinli yangi bino ham barpo etilmoqda.
Qurilish ishlarining umumiy qiymati 5,2 milliard so‘mni tashkil etadi.
Bugun mazkur obyektda bo‘lgan viloyat hokimi o‘rinbosari G‘. Jamolov hamda tuman hokimi A. Najmiddinovlar qurilish jarayonlarining sifati va belgilangan muddatlarda yakunlanishi yuzasidan mas’ullarga tegishli topshiriq va ko‘rsatmalar berdilar.
Yangiqo‘rg‘on tumani hokimligi Axborot xizmati



