Yoshlar muammolariga yechim izlandi
2026-06-11 14:10:00 / Yangiliklar

Yoshlar kuni doirasida Yangiqo‘rg‘on tumanidagi 20-sonli umumta’lim maktabida “Hokim va yoshlar uchrashuvi” bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuvda tuman hokimi va mutasaddi tashkilotlar rahbarlari ishtirok etib, yoshlarning murojaat va takliflarini tingladi.
Yoshlar tomonidan ta’lim shartnomasini to‘lash, ishga joylashish, bank kreditlari olish, tadbirkorlikni yo‘lga qo‘yish, yer masalalari, nogironlik guruhini belgilash, oliy ta’lim va bandlik, haydovchilik guvohnomasi hamda imtiyozli kreditlar bilan bog‘liq masalalar ko‘tarildi.
Har bir murojaat yuzasidan mas’ullarga tegishli topshiriqlar berilib, ayrim masalalar joyida hal etildi.
Uchrashuv ochiq muloqot va samimiy ruhda o‘tdi.
Yangiqo‘rg‘on tumani hokimligi Axborot xizmati





