Yosh iste’dodlar namoyishi: musiqa va san’at bayrami
2026-06-11 11:05:00 / Yangiliklar

Yoshlar kuni munosabati bilan 17-sonli musiqa maktabida tarbiyalanuvchi yoshlar ishtirokida hisobot konserti tashkil etildi.
Tadbir davomida o‘quvchilar tomonidan milliy va zamonaviy musiqiy chiqishlar, ijodiy nomerlar namoyish etilib, yosh iste’dod egalari o‘z mahoratini namoyon qildi.
Tuman hokimi yoshlarning ijodiy izlanishlari, san’atga bo‘lgan qiziqishi va erishgan yutuqlarini yuqori baholab, ularni qo‘llab-quvvatlash ishlari izchil davom etishini ta’kidladi.
Shuningdek, tuman hokimiga madaniyat va badiiy ta’lim rivojiga qo‘shayotgan hissasi uchun “Artnova” xalqaro tashkiloti direktorining minnatdorchilik xati topshirildi.
Ma’lumot o‘rnida, mazkur musiqa maktabining 2 nafar o‘quvchisi “Ijodiy parvoz” I — Xalqaro yosh ijrochilar tanlovida maqom yo‘nalishida muvaffaqiyatli ishtirok etgan.
Ayni vaqtda musiqa maktabida 223 nafar o‘quvchi 13 ta yo‘nalish bo‘yicha tahsil olmoqda.
Tadbir doirasida rassomchilik yo‘nalishida tahsil olayotgan o‘quvchilarning ijodiy ishlari ko‘rgazmasi ham tashkil etildi.
Yangiqo‘rg‘on tumani hokimligi Axborot xizmati








