Yoshlar uchun IT imkoniyatlari kengaymoqda
2026-06-11 10:40:00 / Yangiliklar

Yoshlar kuni munosabati bilan Yangiqo‘rg‘on tumanidagi 1-sonli texnikumda “In-Club” MCHJ tomonidan tashkil etilgan zamonaviy o‘quv markazining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.
“Kelajak kasblari” loyihasi doirasida tashkil etilgan mazkur markazda yoshlar kiberxavfsizlik, sun’iy intellekt, robototexnika kabi 8 ta zamonaviy IT yo‘nalishlari bo‘yicha bilim oladilar.
Tadbirda tuman hokimi IT sohasi bugungi kunda yoshlar uchun eng istiqbolli yo‘nalishlardan biri ekanini ta’kidlab, raqamli texnologiyalarni puxta egallagan yoshlar kelajakda katta yutuqlarga erishishini qayd etdi.
Markaz yoshlarning zamonaviy bilim olishi, kasb egallashi va bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etishga xizmat qiladi.
Yangiqo‘rg‘on tumani hokimligi Axborot xizmati






