Zarkent mahallasida yosh hunarmand faoliyati e’tirof etildi
2026-05-08 21:25:00 / Yangiliklar
Yoshlar kuni munosabati bilan Zarkent mahallasida istiqomat qiluvchi yosh hunarmand Asadullo Abdurahmonov faoliyati bilan tanishildi.

U oddiy yog‘ochga ishlov berish orqali san’at asari darajasidagi buyumlarni tayyorlab kelmoqda.
U tomonidan tayyorlanayotgan eksklyuziv soatlar, oyna ramkalari, stol-stullar, shaxmat stollari va boshqa mahsulotlar ko‘pchilik e’tiborini tortmoqda.
E’tiborli jihati shundaki, Asadullo yosh bo‘lishiga qaramay, 5 nafar yoshga hunar o‘rgatib, ularni kasbga yo‘naltirib kelmoqda.
Tuman hokimi A.Najmiddinov u kabi tashabbuskor yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning faoliyatini kengaytirishga alohida e’tibor qaratish lozimligini ta’kidladi.
Yangiqo‘rg‘on tumani hokimligi Axborot xizmati




