“Rahbar va yoshlar uchrashuvi”da yoshlar murojaatlari tinglandi
2026-05-08 21:20:00 / Yangiliklar

Zarkent mahallasi hududida tashkil etilgan “Rahbar va yoshlar uchrashuvi”da ishsiz yoshlar, shuningdek, tibbiyot va ta’lim muassasalarida faoliyat yuritayotgan yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi.
Samimiy ruhda kechgan uchrashuvda yoshlarning hayotda munosib o‘rin egallashi, ular uchun yaratilayotgan imkoniyatlar, tadbirkorlikni rivojlantirish, ta’lim olish va doimiy ish bilan ta’minlash masalalari xususida to‘xtalindi.
Uchrashuv davomida yoshlar tomonidan ta’lim kontraktini to‘lash, imtiyozli kredit olish, tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yish uchun yer maydoni ajratish hamda ish bilan ta’minlash yuzasidan murojaatlar kelib tushdi.
Mutasaddi tashkilot rahbarlari tomonidan har bir murojaat atroflicha o‘rganilib, ularni ijobiy hal etish bo‘yicha tegishli vazifalar belgilab olindi.
Ta’kidlanganidek, bunday uchrashuvlar yoshlarni qiynayotgan muammolarni joyida hal etish, ularning tashabbus va intilishlarini qo‘llab-quvvatlashda muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Yangiqo‘rg‘on tumani hokimligi Axborot xizmati




