Mehnat migratsiyasidan tadbirkorlikka
2026-05-08 21:20:00 / Yangiliklar

U uzoq yillar davomida otasi, ukalari va turmush o‘rtog‘i bilan birga Rossiya Federatsiyasida mehnat migranti sifatida faoliyat yuritib kelgan.
Bir yil muqaddam oila a’zolari o‘zaro maslahatlashib, yurtga qaytish va o‘z biznesini yo‘lga qo‘yishga qaror qilishdi. Shu maqsadda Zarkent mahallasidan 6 sotix yer maydoni xarid qilinib, jamg‘arilgan mablag‘lar hisobidan 10 bosh “Smental”, “Golshtayn” va “Shved” zotli qoramollar olib kelindi.
Bugungi kunda qoramollar soni 18 boshga yetgan bo‘lib, xo‘jalik barqaror rivojlanmoqda. Har oy o‘rtacha 150 litr sut sog‘ib olinib, bu orqali 20 million so‘mgacha daromad olinmoqda.
Madaminovlar oilasi kelgusida faoliyatini yanada kengaytirish, qoramollar sonini ko‘paytirish, zamonaviy sutni qayta ishlash uskunalarini joriy etish hamda qo‘shimcha ish o‘rinlari yaratishni maqsad qilgan.
Yangiqo‘rg‘on tumani hokimligi Axborot xizmati



