Pillakorlar mehnati — baraka va daromad manbai
2026-05-08 21:10:00 / Yangiliklar

Ana shunday mehnatkashlardan biri “Sutlibuloq” mahallasida yashovchi tajribali pillakor Xosiyatxon Davlatovadir.
Qirq yillik tajribaga ega bo‘lgan pillakor bugungi kunda 4 quti ipak qurtini parvarish qilmoqda. Hozirda qurtlar 5 yoshga kirgan bo‘lib, ularni sifatli parvarishlash ishlari olib borilmoqda.
— Pilla qurtini baraka manbai deb bilaman. Chunki undan foyda ham olasiz, qisqa muddatda mehnat staji ham to‘planadi, maosh ham olasiz, — deydi Xosiyatxon Davlatova.
G‘ayratli pillakorlardan yana biri “Buloqboshi” mahallasida yashovchi Mahmuда Aliboyevadir. U ham pillachilik sohasida samarali mehnat qilib, yuqori hosil yetishtirishga munosib hissa qo‘shmoqda.
Bugun tuman hokimi ushbu pillakorlar xonadonida bo‘lib, ipak qurtini parvarishlash jarayonlari bilan yaqindan tanishdi. Suhbat davomida pillachilikni yanada rivojlantirish, aholi bandligini ta’minlash va sohada yuqori natijalarga erishish borasida fikr almashildi.
Yangiqo‘rg‘on tumani hokimligi Axborot xizmati




