OTA-ONANING VOYAGA YETMAGAN BOLALARIGA TA`MINOT BERISHDA QANDAY MAJBURIYATLARI BOR?
2025-11-13 16:22:00 / Yangiliklar
SAVOL: OTA-ONANING VOYAGA YETMAGAN BOLALARIGA TA`MINOT BERISHDA QANDAY MAJBURIYATLARI BOR?
JAVOB: Ota-ona voyaga yetmagan bolalariga ta`minot berishi shart. Voyaga yetmagan bolalariga ta`minot berish majburiyatlarini ixtiyoriy ravishda bajarmagan ota (ona)dan sudning hal qiluv qaroriga yoki sud buyrug`iga asosan aliment undiriladi.
Voyaga yetmagan bolalariga aliment to`lash haqida ota-ona o`rtasida kelishuv bo`lmaganda yoki aliment ixtiyoriy ravishda to`lanmaganda va ota-onadan birontasi ham aliment undirish to`g`risidagi sudga davo arizasi bilan murojaat qilmagan hollarda vasiylik va homiylik organlari voyaga yetmagan bolaning ta`minoti uchun ota yoki onadan qonunda belgilangan miqdorda aliment undirish to`g`riisdagi davo qo`zqatishga haqlidir.
Ma`rifat Po`latova ,
Yangiqo`rg`on tumani FHDY bo`limi 2-toifali inspektori
