Tuman hokimi “Tashkent Index” universal bozori faoliyati bilan tanishdi
2026-10-19 15:20:00 / Yangiliklar

Tuman hokimi “Tashkent Index” universal bozori faoliyati bilan tanishdi
Yangihayot tumani hokimi “Tashkent Index” universal bozoriga tashrif buyurib, bozor faoliyati hamda hududda amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi.
Shuningdek, bozor ma’muriyati binosida joylashgan Yoshlar shtabi faoliyati o‘rganildi. Xususan, bitiruvchi yoshlarning bandligini ta’minlash, ularni ishga joylashtirishga ko‘maklashish hamda yoshlar bilan manzilli ishlash borasida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar yuzasidan mas’ullarning axboroti tinglandi.
Tashrif davomida yoshlar bandligini ta’minlash bo‘yicha ishlarni samarali tashkil etish va mavjud imkoniyatlardan unumli foydalanish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
