Yangihayotda obodonlashtirish xodimlari uchun yangi bino barpo etiladi
2026-10-19 16:10:00 / Yangiliklar

Yangihayotda obodonlashtirish xodimlari uchun yangi bino barpo etiladi
Tuman hokimining navbatdagi o‘rganish manzili “Toshkent” mahallasi bo‘ldi. Bu yerda tuman Obodonlashtirish boshqarmasi uchun barpo etilishi rejalashtirilgan yangi bino hududi ko‘zdan kechirildi. Mazkur loyiha soha xodimlari uchun munosib mehnat sharoitlarini yaratish va boshqarma faoliyatini yanada samarali tashkil etishga xizmat qilishi ko‘zda tutilgan.
Shuningdek, tuman hokimi tuman Obodonlashtirish boshqarmasi tashabbusi bilan barpo etilayotgan issiqxona faoliyati bilan tanishdi. Hududni ko‘kalamzorlashtirish, yashil maydonlarni kengaytirish va obodonlashtirish ishlarini izchil davom ettirish masalalariga e’tibor qaratildi.
Tashrif davomida hududda faoliyat yuritayotgan kommunal soha vakillari bilan ham ochiq muloqot o‘tkazildi. Ularning ish faoliyati, kundalik mehnat jarayonida uchrayotgan muammolar va takliflari tinglandi. Suhbat davomida aholi uchun yanada qulay va obod muhit yaratish muhimligi ta’kidlandi.
