Tuman hokimi o‘rinbosarlarining shaxsiy qabullari bo‘lib o‘tmoqda
2026-10-20 14:05:00 / Yangiliklar

Tuman hokimi o‘rinbosarlarining shaxsiy qabullari bo‘lib o‘tmoqda
Yangihayot tumani Xalq qabulxonasida fuqarolarning murojaatlarini o‘rganish maqsadida tuman hokimi o‘rinbosarlarining shaxsiy qabullari o‘tkazilmoqda.
Reja-grafik asosida tashkil etilayotgan qabullarda mahallalarda istiqomat qiluvchi fuqarolar o‘zlarini qiynayotgan masalalar, taklif va murojaatlari bilan ishtirok etmoqda. Qabul davomida fuqarolarning murojaatlari tinglanib, ko‘tarilgan masalalarni hal etish bo‘yicha tegishli mas’ullarga topshiriqlar berilmoqda.
Shaxsiy qabullar orqali fuqarolarning murojaatlarini bevosita tinglash va ularni belgilangan tartibda hal etish uchun zarur choralar ko‘rilmoqda.
