Tuman hokimi o‘rinbosarlarining shaxsiy qabullari o‘tkazilmoqda
2026-09-29 18:05:00 / Yangiliklar
Tuman hokimi o‘rinbosarlarining shaxsiy qabullari o‘tkazilmoqda

Yangihayot tumani Xalq qabulxonasida fuqarolarning murojaatlarini bevosita o‘rganish maqsadida tuman hokimi o‘rinbosarlarining shaxsiy qabullari o‘tkazilmoqda.
Tasdiqlangan reja-grafik asosida tashkil etilayotgan qabullarda mahallalarda istiqomat qiluvchi fuqarolar o‘zlarini qiynayotgan masalalar, taklif va murojaatlari bilan ishtirok etmoqda.
Qabul davomida fuqarolarning murojaatlari tinglanib, ko‘tarilgan masalalarni hal etish yuzasidan tegishli mas’ullarga aniq topshiriqlar berilmoqda.
Shaxsiy qabullar orqali fuqarolarning murojaatlarini bevosita eshitish, ularning muammolarini o‘rganish va qonunchilikda belgilangan tartibda hal etish uchun zarur choralar ko‘rilmoqda.
