Tuman hokimi 20 ga yaqin fuqaro murojaatlarini o‘rgandi
2026-09-20 17:55:00 / Yangiliklar

Tuman hokimi 20 ga yaqin fuqaro murojaatlarini o‘rgandi
Bugun Yangihayot tumani Xalq qabulxonasida tuman hokimining navbatdagi shaxsiy qabuli bo‘lib o‘tdi.
Qabulda tumanimizning turli mahallalarida istiqomat qiluvchi 20 ga yaqin fuqaro tibbiy xizmatlardan foydalanish, uy-joy, ishga joylashish, yo‘l infratuzilmasini yaxshilash, kommunal xizmatlar sifatini oshirish, piyodalar yo‘laklarini tashkil etish, tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish, obodonlashtirish va hududlarni tartibga keltirish bo‘yicha muammo va takliflari bilan murojaat qildi.
Qabul davomida har bir murojaat tuman hokimi, tegishli idora vakillari va fuqarolar ishtirokida atroflicha ko‘rib chiqildi. Natijada ayrim masalalar shu yerning o‘zida hal etildi, ba’zilari yuzasidan esa huquqiy tushuntirishlar berildi.
Bunday qabullar fuqarolarni qiynayotgan masalalarni o‘rganish, ularning yechimiga ko‘maklashish hamda aholi bilan ochiq muloqotni mustahkamlashga xizmat qilmoqda.
