Xushnud mahallasida yoshlar bilan uchrashuv o‘tkazildi
2026-09-04 16:50:00 / Yangiliklar

Xushnud mahallasida yoshlar bilan uchrashuv o‘tkazildi
Bugun "Yoshlar kuni" doirasida O‘zbekiston mahallalari uyushmasi Toshkent shahar boshqarmasi boshlig‘i Xushnud mahallasida yoshlar bilan uchrashuv o‘tkazdi.
“Rahbar va yoshlar uchrashuvi” formatida o‘tgan uchrashuvda mahallada istiqomat qiluvchi yoshlar, mahallalar uyushmasi tuman bo‘limi boshlig‘i hamda mahallalar raislari ishtirok etdi.
Uchrashuv davomida yoshlarning taklif va tashabbuslari, bandligini ta’minlash, bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish hamda ularni qo‘llab-quvvatlash masalalari muhokama qilindi.
Shuningdek, yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan masalalar yuzasidan murojaat va takliflarini bildirdi. Bildirilgan takliflar yuzasidan esa mas’ullarga topshiriqlar berildi.
