Xorijdagi yoshlar bilan onlayn muloqot o‘tkazildi
2026-09-03 16:45:00 / Yangiliklar

Xorijdagi yoshlar bilan onlayn muloqot o‘tkazildi
Bugun Yangihayot tumani hokimligida “Yoshlar kuni” munosabati bilan xorijda tahsil olayotgan hamda mehnat faoliyatini olib borayotgan bir guruh yangihayotlik yoshlar bilan onlayn muloqot tashkil etildi.
“Rahbar va yoshlar uchrashuvi” formatida o‘tgan uchrashuvda Yangihayot tumani prokurori, tuman hokimi o‘rinbosari, mas’ul tashkilotlar vakillari va Yoshlar ishlari agentligi tuman bo‘limi mas’ul xodimlari ishtirok etdi.
Muloqot davomida hozirda xorijda bo‘lib turgan yoshlar bilan ochiq suhbat olib borildi. Unda yoshlar duch kelayotgan muammolar, ularni qiynayotgan masalalar, shuningdek, ilgari surilgan taklif va tashabbuslar muhokama qilinib, mas’ullarga tegishli topshiriqlar berildi.
Shu bilan birga, xorijdagi yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning bilim va salohiyatini yurt ravnaqi yo‘lida samarali yo‘naltirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
