Harbiy xizmatchilar uchun psixologik seminar-trening o‘tkazildi
2026-09-10 16:10:00 / Yangiliklar

Harbiy xizmatchilar uchun psixologik seminar-trening o‘tkazildi
Yangihayot tumanida Harbiy havo kuchlari qo‘mondonligi tasarrufidagi harbiy qismlardan birida “Psixologik ishlar kuni” doirasida harbiy xizmatchilar uchun seminar-trening tashkil etildi.
Tadbir Toshkent shahar Yangihayot tumani “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi psixologi U. Ashirov hamkorligida o‘tkazildi.
Seminar davomida harbiy xizmatchilarga harbiy jamoalarda suitsidga olib keluvchi omillar va uning oldini olishning profilaktik usullari, shuningdek, stressli holatlarni psixodiagnostika qilish va psixoprofilaktika masalalari yuzasidan tushunchalar berildi.
Trening jarayonida ishtirokchilarning ruhiy barqarorligini mustahkamlash, stressli vaziyatlarni to‘g‘ri boshqarish, jamoada sog‘lom psixologik muhitni shakllantirish hamda muammoli holatlarni o‘z vaqtida aniqlash va oldini olishga qaratilgan amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazildi.
Tadbir yakunida harbiy xizmatchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga mutaxassisdan javob oldilar.
