Probatsiya nazoratidagi fuqarolar uchun mehnat yarmarkasi tashkil etildi
2026-09-10 12:15:00 / Yangiliklar

Yangihayot tumani IIO FMB Probatsiya guruhi hamda Kambag‘allikni qisqartirish va aholi bandligiga ko‘maklashish bo‘limi hamkorligida “O‘zbekfilm” binosida navbatdagi “Ishga marhamat” bo‘sh ish o‘rinlari mehnat yarmarkasi tashkil etildi.
Yarmarkadan asosiy maqsad — probatsiya nazoratida turuvchi fuqarolarni ish bilan ta’minlash, ularning jamiyatga moslashuviga ko‘maklashish hamda doimiy daromad manbaiga ega bo‘lishlari uchun zarur sharoit yaratishdan iborat.
Tadbirda Yangihayot tumani IIO FMB Probatsiya guruhi ro‘yxatida turuvchi 15 nafar nazorat ostidagi shaxs ishtirok etdi.
Mehnat yarmarkasida 50 ta tashkilot 200 ta bo‘sh ish o‘rni bilan qatnashib, fuqarolarga mavjud vakansiyalar, ish sharoitlari va ishga joylashish tartibi haqida ma’lumotlar berildi.
