Hurmatli Yangihayot tumani fuqarolari!
2026-09-24 17:45:00 / Majlislar

Hurmatli Yangihayot tumani fuqarolari!
Har hafta belgilangan reja-grafik asosida Xalq qabulxonasida Yangihayot tumani hokimi hamda tuman hokimi o‘rinbosarlarining fuqarolar qabullari o‘tkaziladi.
Quyida ularning qabul kunlari bilan tanishishingiz mumkin:
— Har haftaning payshanba kuni 10:00–12:00 ga qadar Yangihayot tumani hokimining fuqarolar qabuli o‘tkaziladi.
— Har haftaning dushanba kuni 10:00–12:00 ga qadar Yangihayot tumani hokimining moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari — tuman Iqtisodiyot va moliya bo‘limi boshlig‘ining fuqarolar qabuli o‘tkaziladi.
— Har haftaning payshanba kuni 14:00–16:00 ga qadar Yangihayot tumani hokimining qurilish, to‘siqsiz muhit yaratish, kommunikatsiyalarni rivojlantirish, ekologiya va ko‘kalamzorlashtirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari — tuman Obodonlashtirish boshqarmasi boshlig‘ining fuqarolar qabuli o‘tkaziladi.
— Har haftaning seshanba kuni 10:00–12:00 ga qadar Yangihayot tumani hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosarining fuqarolar qabuli o‘tkaziladi.
— Har haftaning juma kuni 10:00–12:00 ga qadar Yangihayot tumani hokimining o‘rinbosari — Oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘ining fuqarolar qabuli o‘tkaziladi.
— Har haftaning chorshanba kuni 10:00–12:00 ga qadar Yangihayot tumani hokimining o‘rinbosari, investitsiyalar, sanoat va savdo bo‘limi boshlig‘ining fuqarolar qabuli o‘tkaziladi.
Hurmatli fuqarolar, ushbu qabul kunlarida o‘zingizni qiziqtirgan masalalar yuzasidan murojaat qilishingiz mumkin.
