“Tashabbusli budjet” loyihasi amalda!
2026-08-18 17:20:00 / Yangiliklar

“Tashabbusli budjet” loyihasi amalda!
Yangihayot tumanida “Tashabbusli budjet” jarayonlarining 2026-yil 1-mavsumida g‘olib bo‘lgan loyihalar asosida bosqichma-bosqich ishlar amalga oshirilmoqda.
Xususan, 72-sonli oilaviy poliklinika ham g‘olib loyihalar qatoridan o‘rin olgan. Mazkur loyiha “Fuqarolar tashabbusi jamg‘armasi” mablag‘lari hisobidan to‘liq moliyalashtirilib, tibbiyot muassasasining moddiy-texnik bazasini yanada mustahkamlash maqsadida zamonaviy tibbiy asbob-uskunalar bilan jihozlandi.
Shuningdek, loyiha doirasida 3-sonli umumta’lim maktabi binosi hamda futbol stadioni atrofi panjara bilan o‘ralib, tungi yoritish chiroqlari o‘rnatildi. Bundan tashqari, maktab binosining tashqi qismi ta’mirlandi.
