“Har bir bolajon o‘zini baxtli his qilishi kerak” — Xayot Inogamov
2026-08-19 17:20:00 / Yangiliklar

“Har bir bolajon o‘zini baxtli his qilishi kerak” — Xayot Inogamov
Bugun Yangihayot tumani hokimi ijtimoiy soha obyektlarida yaratilgan shart-sharoitlarni o‘rganish maqsadida “Choshtepa” mahallasida bo‘ldi.
Xususan, tuman hokimi mahalla hududida joylashgan Ijtimoiy himoya milliy agentligi tasarrufidagi kichik hajmdagi bolalar uyida bo‘lib, muassasa faoliyati bilan tanishdi.
O‘rganish davomida bolalar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, mavjud qulayliklar va binoning holati ko‘zdan kechirildi. Shuningdek, bolalar uchun qulay sharoitlarni yanada yaxshilash, muassasani zarur jihozlar bilan ta’minlash hamda tarbiyalanuvchilar uchun munosib muhit yaratish masalalari ko‘rib chiqildi.
