Tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari va Prezident Administratsiyasi vakili Yangihayot tumanidagi sanoat obyektlarini o‘rgandi
2026-08-08 13:55:00 / Yangiliklar

Tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari va Prezident Administratsiyasi vakili Yangihayot tumanidagi sanoat obyektlarini o‘rgandi
Bugun Tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari hamda Prezident Administratsiyasi vakili Yangihayot tumanida bo‘lib, hududdagi sanoat va ishlab chiqarish obyektlarida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi.
Xususan, mas’ul rahbarlar “Yangi Avlod” maxsus sanoat zonasida bo‘lib, bu yerda tadbirkorlar uchun yaratilgan imkoniyat va shart-sharoitlarni o‘rgandi. Tashrif davomida tuman hokimi o‘rinbosari — investitsiyalar va tashqi savdo bo‘limi boshlig‘i hamda texnopark vakillari tomonidan hududda faoliyat yuritayotgan korxonalar, ishlab chiqarish yo‘nalishlari va kelgusidagi rejalar haqida ma’lumot berildi.
Shundan so‘ng “JAC Motors Toshkent” MCHJ QK faoliyati, ishlab chiqarish quvvati hamda mavjud imkoniyatlari bilan yaqindan tanishildi.
Shuningdek, mas’ullar “Yangihayot Industrial Texnoparki” hududida bo‘lib, texnopark faoliyati, unda joylashgan korxonalar hamda tadbirkorlar uchun yaratilgan shart-sharoitlarni ko‘zdan kechirdi.
