Harbiy xizmatni o‘tab qaytgan yoshlar bilan uchrashuv o‘tkazildi
2026-07-23 17:40:00 / Yangiliklar

Yangihayot tumanida har hafta payshanba kuni “Yoshlar kuni” doirasida yoshlar bilan uchrashuv va ochiq muloqotlar o‘tkazish an’anasi davom etmoqda.
Xususan, bugun Yangihayot tumani hokimligida tuman hokimi, tuman IIO FMB boshlig‘i, mas’ul rahbarlar hamda mahallalarda istiqomat qiluvchi harbiy xizmatni o‘tab qaytgan yoshlar bilan uchrashuv tashkil etildi.
Uchrashuv ochiq muloqot shaklida o‘tkazilib, unda yoshlarning kelgusi rejalari, ularni qiziqtirgan savollar, fikr-mulohazalari hamda taklif va tashabbuslari tinglandi.
Shuningdek, tadbir davomida yoshlarga ta’lim olish imkoniyatlari, bandligini ta’minlash, amaldagi qonunchilikda belgilangan imtiyozlar hamda yoshlar uchun yaratilayotgan shart-sharoitlar bo‘yicha zarur yo‘l-yo‘riqlar berildi.
