Nikohlanuvchi juftliklar uchun navbatdagi o‘quv-seminar tashkil etildi
2026-07-15 11:55:00 / Yangiliklar

Nikohlanuvchi juftliklar uchun navbatdagi o‘quv-seminar tashkil etildi
Yangihayot tumani “Yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash markazi” tomonidan bir guruh nikohlanuvchi juftliklar uchun oiladagi er-xotinning huquq va majburiyatlariga bag‘ishlangan o‘quv mashg‘ulotlari tashkil etildi.
Davra suhbati tarzida o‘tgan seminarda mas’ul rahbarlar hamda mutaxassislar tomonidan yoshlarga nikohdagi huquq va majburiyatlar, oilaviy-huquqiy munosabatlarning shakllanishi, to‘y va marosimlarda ortiqcha isrofgarchilikning oldini olish, o‘zaro hurmat va mehr-oqibat asosida mustahkam oila qurish yuzasidan tavsiya va maslahatlar berildi.
Shuningdek, ishtirokchilarga oilaviy-huquqiy munosabatlar, oila psixologiyasi, reproduktiv salomatlik asoslari, ijobiy ota-onalik ko‘nikmalari hamda ma’naviy-axloqiy qadriyatlar haqida tushunchalar berildi. Tadbir yakunida yoshlarga maxsus sertifikatlar va esdalik kitobchalari topshirildi.
