Yangihayot tumanida davlat tili to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlari talablariga rioya etilishini ta’minlash maqsadida tegishli tushuntirish ishlari amalga oshirilmoqda
2026-07-08 12:25:00 / Yangiliklar

Yangihayot tumanida davlat tili to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlari talablariga rioya etilishini ta’minlash maqsadida tegishli tushuntirish ishlari amalga oshirilmoqda
Xususan, Yangihayot tumani hokimining Ma’naviyat va davlat tili masalalari bo‘yicha maslahatchisi tomonidan O‘zbekiston Respublikasining "Davlat tili haqida", "Geografik obyektlarning nomlari to‘g‘risida" hamda **"Reklama to‘g‘risida"**gi qonunlari, shuningdek, sohaga oid Hukumat qarorlari va farmoyishlari talablariga rioya etilishi yuzasidan yuridik shaxslar bilan tushuntirish ishlari olib borilmoqda.
Tushuntirishlar davomida reklama va e’lonlarni, jumladan, tashkilotlarning ijtimoiy tarmoqlarida joylashtirilayotgan axborotlarni davlat tilida hamda amaldagi qonunchilik talablariga muvofiq tayyorlash va e’lon qilish zarurligi yuzasidan tavsiyalar berilmoqda.
