Tazyiq va zo‘ravonlikning oldini olishga bag‘ishlangan tadbir o‘tkazildi
2026-07-03 12:20:00 / Yangiliklar

"Olchazor" mahallasida tuman Oila va xotin-qizlar bo‘limi, FHDYO bo‘limi hamda tibbiyot xodimlari ishtirokida yosh oilalar va nikohlanuvchilar uchun tazyiq va zo‘ravonlikning oldini olishga bag‘ishlangan ma’rifiy tadbir o‘tkazildi.
Tadbir davomida mutaxassislar tomonidan yosh oilalarda tazyiq va zo‘ravonlikning oldini olish, oila muqaddasligini asrash, oilaviy nizolarning kelib chiqish sabablarini bartaraf etish, huquqiy madaniyatni yuksaltirish hamda sog‘lom va mustahkam oilani shakllantirish masalalari yuzasidan tushuntirishlar berildi.
Shuningdek, ishtirokchilarga oiladagi o‘zaro hurmat va mas’uliyat, er-xotin o‘rtasidagi sog‘lom munosabatlarni mustahkamlash, nizolarni tinch yo‘l bilan hal etish bo‘yicha tavsiyalar berilib, ularni qiziqtirgan savollarga mutaxassislar tomonidan batafsil javob qaytarildi. Tadbir yakunida bir guruh yoshlarga maxsus sertifikatlar hamda esdalik kitobchalari topshirildi.
