Xushnud mahallasida o‘quv seminar o‘tkazildi
2026-06-25 12:05:00 / Yangiliklar

Yangihayot tumanida oila institutini mustahkamlash, milliy qadriyatlarni asrash hamda yoshlarni nikoh va oilaviy hayotga tayyorlash borasida tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.
Xususan, bugun Xushnud mahalla fuqarolar yig‘inida tuman Oila va xotin-qizlar bo‘limi, tegishli tashkilotlar, mahalla faollari hamda turmush qurish arafasidagi yoshlar ishtirokida o‘quv seminar tashkil etildi.
Tadbir davomida zamonaviy oila modeli, milliy qadriyatlar, oila muqaddasligi, oila a’zolarining huquq va majburiyatlari, er-xotin o‘rtasidagi mas’uliyat hamda mustahkam oilani shakllantirish masalalari yuzasidan mutaxassislar tomonidan tavsiya va maslahatlar berildi. Seminar yakunida ishtirokchi yoshlarga maxsus sertifikatlar hamda esdalik kitobchalari topshirildi.
