“Yoshlar kuni”: tuman hokimi yoshlar bilan uchrashdi
2026-06-18 11:35:00 / Yangiliklar

Bugun “Yoshlar kuni” munosabati bilan Yangihayot tumani hokimi “Xushnud” mahallasida o‘ziga biriktirilgan 10 nafarga yaqin yoshlar bilan uchrashdi.
Uchrashuv davomida yoshlarning bandligi, ta’lim olishi, kasb-hunar egallashi va tadbirkorlik faoliyatini boshlashiga oid masalalar yuzasidan fikr almashildi. Shuningdek, yoshlarning muammo va takliflari, kelgusidagi rejalari tinglandi.
Muloqot jarayonida yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularning tashabbuslarini ro‘yobga chiqarish hamda bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
