Yangihayotda qadoqlash mahsulotlari ishlab chiqarish loyihasi yo‘lga qo‘yiladi
2026-06-16 11:35:00 / Yangiliklar

Bugun Yangihayot tumani hokimi Toshkent xalqaro investitsiya forumi doirasida “Yangi Avlod” maxsus sanoat zonasi hududida “Hong Kong Iceberg Investment Co. Ltd” kompaniyasi vakillari bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Uchrashuv davomida tuman hokimi va kompaniya vakillari o‘rtasida hududda qadoqlash mahsulotlari ishlab chiqarish yo‘nalishida zamonaviy korxona tashkil etish, ilg‘or texnologiyalarni jalb qilish hamda investitsiyaviy hamkorlikni kengaytirish masalalari yuzasidan muzokaralar olib borildi.
Muzokaralar yakunida qiymati 8,4 million AQSh dollari bo‘lgan qadoqlash mahsulotlari ishlab chiqarishni tashkil etish loyihasini amalga oshirish bo‘yicha hamkorlik bitimi imzolandi.
