Yangihayotda yangi zamonaviy logistika markazi ish boshlaydi
2026-06-16 11:30:00 / Yangiliklar

Yangihayotda yangi zamonaviy logistika markazi ish boshlaydi
So‘nggi yillarda Prezidentimiz tashabbusi bilan Yangihayot tumani hududida tashkil etilayotgan maxsus sanoat zonalari hamda yaratilayotgan keng imkoniyatlar yangi biznes loyihalarining amalga oshishiga va xorijiy investorlar e’tiborining ortishiga xizmat qilmoqda.
Ayni kunlarda Yangihayot tumanidagi “Yangi Avlod” maxsus sanoat zonasi faol hamkorlik va muloqot maydoniga aylanib bormoqda. Xususan, bugun tuman hokimi Turkiyaning “Aysel Mimarlik Taahhut Sanayi Ticaret Limited Şirketi” kompaniyasi vakillari bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Uchrashuv davomida tuman hokimi xorijiy investorlar bilan muloqot qilib, ularga tumanning investitsion salohiyati, sanoat zonalarida yaratilgan shart-sharoitlar hamda tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar haqida ma’lumot berdi.
Uchrashuv yakunida “Zamonaviy logistika markazini tashkil etish” loyihasi bo‘yicha hamkorlik bitimi imzolandi.
