“Do‘stlik” mahallasida o‘quv seminar o‘tkazildi
2026-06-06 13:40:00 / Yangiliklar

“Do‘stlik” mahallasida o‘quv seminar o‘tkazildi
🇺🇿 “Do‘stlik” mahalla fuqarolar yig‘inida tuman Oila va xotin-qizlar bo‘limi, tegishli tashkilotlar, mahalla faollari hamda turmush qurish ostonasida turgan yoshlar ishtirokida o‘quv seminar tashkil etildi.
Seminar davomida mutaxassislar tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 19-maydagi VM-257-sonli “Yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish hamda oilaviy maslahat xizmatlarini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorining mazmun-mohiyati batafsil tushuntirib o‘tildi.
Shuningdek, tadbir davomida oila muqaddasligi, oila a’zolarining huquq va majburiyatlari, er-xotin o‘rtasidagi mas’uliyat hamda mustahkam oilani shakllantirish masalalari yuzasidan mutaxassislar tomonidan tavsiya va maslahatlar berildi. Seminar yakunida esa ishtirokchi yoshlarga maxsus sertifikatlar hamda esdalik kitobchalari topshirildi.
