Tuman hokimi “Perfect Leader Electrical” korxonasida bo‘ldi
2026-07-01 17:25:00 / Yangiliklar

Tuman hokimi “Perfect Leader Electrical” korxonasida bo‘ldi
Yangihayot tumanida tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning faoliyatidagi to‘siqlarni bartaraf etish hamda sanoatning barqaror rivojlanishini ta’minlash maqsadida hududlarda olib borilayotgan o‘rganish ishlari davom etmoqda.
Xususan, tuman hokimi, tuman hokimi o‘rinbosari — investitsiyalar va tashqi savdo bo‘limi boshlig‘i hamda mas’ullar “Perfect Leader Electrical” korxonasi faoliyati bilan yaqindan tanishdi. O‘rganishlar davomida ishlab chiqarish jarayonlari, mahsulot sifati va xodimlar uchun yaratilgan sharoitlar ko‘zdan kechirildi.
Bundan tashqari, uchrashuv davomida mahsulot sifatini oshirish, ishlab chiqarish hajmini kengaytirish, yangi ish o‘rinlari yaratish hamda eksport imkoniyatlarini kengaytirish borasida o‘zaro fikr almashildi.
