Tuman hokimi “Chorbog‘” mahallasida sayyor qabul o‘tkazdi
2026-06-10 18:25:00 / Yangiliklar

Yangihayot tumanida aholi murojaatlari bilan ishlash, fuqarolarni o‘ylantirayotgan masalalarni joyida o‘rganish hamda ularning yechimini ta’minlash borasida tizimli ishlar davom etmoqda.
Shu maqsadda tuman hokimining “Chorbog‘” mahalla fuqarolari yig‘inida navbatdagi sayyor qabuli tashkil etildi. Unda mahalla hududida istiqomat qiluvchi 10 ga yaqin fuqaro tomonidan obodonlashtirish, uy-joy, tibbiyot hamda boshqa ijtimoiy yo‘nalishlarga oid murojaat va takliflar bildirildi.
Qabul davomida fuqarolar tomonidan ko‘tarilgan masalalar mas’ul tashkilot va idoralar vakillari ishtirokida atroflicha muhokama qilinib, ularni hal etish yuzasidan tegishli choralar ko'rildi. Natijada ayrim murojaatlar joyida o‘z yechimini topgan bo‘lsa, qo‘shimcha o‘rganish talab etiladigan masalalar yuzasidan mutasaddilarga aniq vazifalar belgilab berildi.
