“Ayollar daftari”ning 7-bosqichi doirasidagi ishlar samarasi tahlil qilindi
2026-06-11 18:50:00 / Yangiliklar

“Ayollar daftari”ning 7-bosqichi doirasidagi ishlar samarasi tahlil qilindi
Bugun Yangihayot tumani hokimligida tuman hokimi, tuman hokimi o‘rinbosari, O‘zbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi vakillari hamda mahallalardagi xotin-qizlar faollari ishtirokida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
Yig‘ilishda mahallalardagi xotin-qizlar muammolarini o‘rganish, ularni umumlashtirish, tahlil qilish hamda amaliy yordam ko‘rsatish maqsadida shakllantirilgan “Ayollar daftari”ning 7-bosqichi doirasida amalga oshirilayotgan ishlar, xotin-qizlarga ko‘rsatilayotgan yordamlar va ularning samaradorligi tahlil qilindi.
Shuningdek, “Ayollar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlarning muammolarini o‘z vaqtida bartaraf etish, ularga manzilli yordam ko‘rsatish, bandligini ta’minlash, kasb-hunarga o‘qitish va tadbirkorlikka jalb etish borasida amalga oshirilayotgan ishlar muhokama qilindi.
