“Oila muqaddas” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi
2026-05-22 17:25:00 / Yangiliklar

Toshkent iqtisodiyot va soliq texnikumida “Oila muqaddas” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.
Unda xalq deputatlari Yangihayot tuman Kengashi deputatlari, tuman din ishlari bo‘yicha bosh mutaxassisi, tuman adliya bo‘limi mutasaddilari, mas’ullar hamda talabalar ishtirok etdi.
“Rahbar va yoshlar uchrashuvi” formatida tashkil etilgan ushbu tadbirda yoshlarni qiziqtirgan savollarga atroflicha javob berilib, ular bilan ochiq va samimiy muloqot olib borildi. Shuningdek, yoshlarning kelgusidagi rejalari, tashabbuslari hamda mavjud muammolari o‘rganildi.
Bundan tashqari, tadbir davomida tuman din ishlari bo‘yicha bosh mutaxassisi tomonidan ishtirokchilarga yot g‘oya va mafkuralarning asl mohiyati, ijtimoiy-ma’naviy muhit barqarorligini ta’minlashning ahamiyati, shuningdek, ekstremizm va terrorizm bilan bog‘liq tahdidlarning oldini olish masalalari yuzasidan tushunchalar berildi.
