49-sonli DMTTda seminar bo‘lib o‘tdi
2026-05-25 17:10:00 / Yangiliklar

Bugun Yangihayot tumanidagi 49-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida “Formation of Stable Motivation for Learning English in Children” mavzusida seminar tashkil etildi.
Seminarda maktabgacha ta’lim tashkilotlari pedagoglari va mutaxassislari ishtirok etib, bolalarda ingliz tilini o‘rganishga bo‘lgan qiziqish va barqaror motivatsiyani shakllantirishning zamonaviy usullari yuzasidan fikr almashdilar.
Tadbir davomida interaktiv mashg‘ulotlar, didaktik o‘yinlar hamda kreativ yondashuvlarning ta’lim samaradorligini oshirishdagi o‘rni haqida ma’lumotlar berildi. Shuningdek, xorijiy tilni o‘qitishda innovatsion metodlardan foydalanish bo‘yicha tavsiyalar bildirildi.
Seminar yakunida bog‘cha tarbiyalanuvchilari tomonidan tayyorlangan raqslar va sahna ko‘rinishlari namoyish etilib, ishtirokchilarga ko‘tarinki kayfiyat ulashildi.
