“Toshkent” mahallasida xotin-qizlar muammolari o‘rganildi
2026-04-29 17:05:00 / Yangiliklar

“Toshkent” mahallasida xotin-qizlar muammolari o‘rganildi
Yangihayot tumanida aholini qiynayotgan muammolarni o‘rganish va ularni hal etish maqsadida mahallalarda sayyor qabullar davom etmoqda.
Xususan, bugun “Toshkent” mahalla fuqarolar yig‘inida tuman Oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i, tuman IIO FMB mas’ul xodimlari, mutasaddilar hamda bir guruh xotin-qizlar ishtirokida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Qabul davomida fuqarolarning ijtimoiy, huquqiy, oilaviy va boshqa dolzarb masalalar yuzasidan murojaatlari tinglandi. Har bir murojaat atroflicha o‘rganilib, uni hal etish choralari ko‘rib chiqildi.
