“Milliy qadriyatlar atlasi” kitobi taqdimot qilindi
2026-04-25 17:40:00 / Yangiliklar
“Milliy qadriyatlar atlasi” kitobi taqdimot qilindi

Favqulodda vaziyatlar vazirligi akademiyasida “Milliy qadriyatlar atlasi” kitob-albomining taqdimoti bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Toshkent shahar bo‘limi bosh mutaxassisi hamda Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining Yangihayot tumani bo‘linmasi rahbari tomonidan mazkur asar akademiya kursantlari va o‘qituvchilariga tanishtirildi.
Ma’lumot uchun, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi tomonidan nashr etilgan ushbu kitobda milliy qadriyatlarimiz, urf-odatlarimiz va an’analarimiz haqida ilmiy hamda tahliliy ma’lumotlar jamlangan. Asar xorijdagi elchilarimiz faoliyatida ham muhim qo‘llanma vazifasini o‘taydi.
Taqdimot yakunida “Milliy qadriyatlar atlasi” kitobi akademiya kutubxonasiga sovg‘a qilindi.
