Ajrim yoqasiga kelib qolgan oilalar yarashtirilmoqda
2026-04-23 17:35:00 / Yangiliklar

Yangihayot tumanida ajrim ko‘rsatkichi oshgan mahallalarda oilaviy munosabatlarni o‘rganish va ajrimlarning oldini olishga qaratilgan tadbirlar davom etmoqda.
Xususan, kuni kecha Toshkent shahar hokimi o‘rinbosari – Oila va xotin-qizlar boshqarmasi boshlig‘i, tuman Oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i hamda “Oilaviy qadriyatlarni mustahkamlash” komissiyasi a’zolari ishtirokida Xo‘ja Uchqun mahalla fuqarolar yig‘inida ajrim yoqasiga kelib qolgan oilalar bilan suhbat o‘tkazildi.
Suhbat davomida oilalarning duch kelayotgan kelishmovchiliklari o‘rganilib, vaziyat muhokama qilindi. Shuningdek, mutaxassislar tomonidan oilaviy qadriyatlar mustahkamligi, oila jamiyatning muhim bo‘lagi ekanligi haqida tushuntirishlar berildi.
