Elektr ta’minotini yaxshilashga qaratilgan ishlar davom etmoqda
2026-04-18 17:35:00 / Yangiliklar

Elektr ta’minotini yaxshilashga qaratilgan ishlar davom etmoqda
Yangihayot tumanida aholini uzluksiz elektr energiyasi bilan ta’minlash maqsadida tizimli chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.
Xususan, bugun “Binokor” mahallasida elektr ta’minotida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan avariya holatlarining oldini olish hamda xizmat sifatini oshirish maqsadida hududdagi transformator mukammal ta’mirdan chiqarildi.
Shuningdek, “Yangi Choshtepa” mahallasida yangi elektr tarmoqlarini tortish ishlari olib borilmoqda.
Bu kabi ishlar davom ettirilmoqda.
