Yoshlar yetakchilarining faoliyati sarhisob qilindi
2026-04-07 17:25:00 / Yangiliklar

Yoshlar yetakchilarining faoliyati sarhisob qilindi
Bugun Yangihayot tumani hokimligida tuman hokimi boshchiligida navbatdagi tanqidiy-tahliliy yig‘ilish o‘tkazildi. Unda tuman soliq inspeksiyasi boshlig‘i, tuman hokimi o‘rinbosarlari, tegishli boshqarma va tashkilotlar rahbarlari ishtirok etdi.
Yig‘ilishda tumanda amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligi, hududni rivojlantirish chora-tadbirlari va belgilangan rejalar ijrosi muhokama qilindi.
Shuningdek, yig‘ilish davomida joriy yilning 1-choragi davomida mahallalarda faoliyat olib borayotgan yoshlar yetakchilari tomonidan amalga oshirilgan ishlar sarhisob qilinib, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish va ishlar samaradorligini oshirish bo‘yicha topshiriqlar berildi.
Bundan tashqari, mahallalardagi ishsiz yoshlarning bandligini ta’minlash, ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish va yoshlarni kasb-hunarga jalb qilish masalalari ham yig‘ilish kun tartibida muhokama qilindi.
