“Yo‘l xaritasi” doirasidagi vazifalarning bajarilishi tahlil qilindi
2026-04-08 17:15:00 / Yangiliklar

Bugun Oliy Majlis Senatining Mudofaa va xavfsizlik masalalari qo‘mitasi raisi hamda Soliq qo‘mitasi raisi Yangihayot tumanida bo‘lib, Toshkent davlat yuridik universiteti rektori, tuman hokimi, tuman prokurori, tuman IIO FMB boshlig‘i, tuman soliq inspeksiyasi boshlig‘i va mas’ullar hamrohligida hududlarda o‘rganish ishlarini olib bordi.
O‘rganishlar davomida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Respublika mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish yo‘nalishida yaxlit manzilli ishlash tizimini joriy etishga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ–1-son qarori ijrosi doirasida amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligi, shuningdek, ishchi guruh faoliyati tahlil qilindi.
Shu bilan birga, o‘rganishlar davomida “Yangi Turmush” hamda “Yangi Choshtepa” mahallasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Respublika mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish yo‘nalishida yaxlit manzilli ishlash tizimini joriy etishga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ–1-son Qarori ijrosi hamda tasdiqlangan “Yo‘l xaritasi” doirasidagi vazifalarning bajarilishi tahlil qilindi.
