Xalq deputatlari Yangihayot tumani Kengashining Ikkinchi chaqiriq yigirma yettinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi
2026-03-07 11:50:00 / Yangiliklar

Xalq deputatlari Yangihayot tumani Kengashining Ikkinchi chaqiriq yigirma yettinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi
Dastlab, sessiyada “Chortoq” mahalla hududida o‘tkazilgan “Ijtimoiy profilaktika haftaligi” yuzasidan tuman hokimining axboroti tinglandi. Mas’ul rahbarlar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Aholi muammolarini hal qilishda davlat organlari va tashkilotlari faoliyati ustidan jamoatchilik nazorati tizimi samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 695-son qarorining ijrosi hamda Yangihayot tumani “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi tomonidan aholiga sifatli ijtimoiy xizmat va yordam ko‘rsatish hamda faoliyati bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar haqida hisobot berdi.
Shuningdek, Yangihayot tumani hududidagi ichki yo‘llarni 2026-yilda ta’mirlash ishlari bo‘yicha manzilli ro‘yxatni tasdiqlash, Yangihayot tumanida 2026-yil davomida aholi bandligini ta’minlash hamda kambag‘allikni qisqartirish dasturini tasdiqlash masalalari ham sessiya kun tartibidan o‘rin oldi.
