3-sonli umumta’lim maktabida ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi
2026-03-11 11:40:00 / Yangiliklar
3-sonli umumta’lim maktabida ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi

3-sonli umumta’lim maktabida ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi
Yangihayot tumanidagi ta’lim muassasalarida “Yangi O‘zbekistonda erkin va farovon yashaylik” shiori ostida “Uch avlod uchrashuvi” tashkil etilmoqda.
Xususan, bugun 3-sonli umumta’lim maktabida “Nuroniy” jamg‘armasi tuman bo‘limi boshlig‘i hamda mas’ullar boshchiligida mahalla faollari va yoshlar uchun “Uch avlod uchrashuvi” tashkil etildi.
Uchrashuvda yoshi ulug‘ nuroniylar o‘zlarining hayoti va mehnat faoliyati mobaynida ko‘rgan-kechirgan qiyinchiliklari hamda bugungi kunda yoshlarning ta’lim-tarbiyasi yo‘lida yaratilayotgan imkoniyatlar haqida so‘zlab, yosh avlodga qimmatli tavsiya va nasihatlarni berishdi.
