Yoshlar bilan uchrashuv o‘tkazildi
2026-01-09 16:30:00 / Yangiliklar

Yoshlar bilan uchrashuv o‘tkazildi
Yangihayot tumanida yoshlarning muammo va takliflarini o‘rganish, ularni qiynayotgan masalalarni bartaraf etish hamda bandligini ta’minlash maqsadida tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.
Xususan, bugun Toshkent turizm va madaniy meros texnikumida Yangihayot tumani hokimi o‘rinbosarlari tomonidan mahallalarda istiqomat qiluvchi 80 nafarga yaqin ishsiz yoshlar bilan uchrashuv tashkil etildi.
Uchrashuv davomida tuman hokimi o‘rinbosarlari har bir yosh bilan yakka tartibda suhbatlashib, ularning murojaat va takliflarini tingladi. Shuningdek, yoshlarga tumandagi tashkilot va korxonalarda mavjud bo‘sh ish o‘rinlari haqida batafsil ma’lumot berildi.
Bundan tashqari, o‘z tadbirkorligini yo‘lga qo‘yish istagida bo‘lgan yoshlarga bugungi kunda ular uchun yaratilgan shart-sharoitlar hamda imtiyozlar haqida tushuntirishlar berildi.
