Yoshlar yetakchilarining faoliyati tahlil qilindi
2025-10-09 19:40:00 / Yangiliklar
Yoshlar yetakchilarining faoliyati tahlil qilindi

✔️ Yangihayot tumani hokimligida tuman hokimi, tuman prokurori, mas’ul rahbarlar va yoshlar yetakchilari ishtirokida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
📑 Yig‘ilishda joriy yilning 9 oyi davomida mahallalarda faoliyat olib borayotgan yoshlar yetakchilari tomonidan amalga oshirilgan ishlar sarhisob qilinib, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish va ishlar samaradorligini oshirish bo‘yicha topshiriqlar berildi.
📑 Shuningdek, mahallalardagi ishsiz yoshlarning bandligini ta’minlash, ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish va yoshlarni kasb-hunarga jalb qilish masalalari ham yig‘ilish kun tartibida muhokama qilindi.






